“VI – Respublika kitobxonlik haftaligi”ning 14-aprel kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot-kutubxona markazi Abonementlar zali sektori xodimlari shahrimizdagi 80-maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdilar. 4-guruh bolajonlari uchun “Ertak tinglaymiz va oʻqiymiz” rukni ostida oʻzbek xalq ertaklaridan “Aql va boylik” ertagi ovozli oʻqib berildi. Bolajonlar katta qiziqish bilan ertak tingladilar.




