“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi

17-aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻquvchilari
oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tanlov 3 ta shartdan iborat boʻldi.
1-shart: Intellektual sinov sharti
2-shart: Sevimli asar sharhi
3-shart: Erkin mavzu
Tanlovda bir-biridan zukko, bilimga chanqoq oʻquvchilar faol qatnashdilar.
Shartlar oʻrtasidagi tanaffusda sanʼat maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirokida yangragan kuy-qoʻshiqlar oʻtirganlarga xush kayfiyat baxsh etdi.
Tanlovda: Faxrli 1-oʻrinni 11-A, sinf oʻquvchisi — Botirova Shaxzoda
Faxrli II-oʻrinni 10-G sinf xalq raqsi boʻlimi oʻquvchisi
Shamsiddinova Shabnam
Faxrli III-oʻrinni 11-G sinf oʻquvchisi Ikromov Sardorlar
qoʻlga kiritdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *