“Kitobsevar millat” shiori ostidagi “VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 17-aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi fondiga “Sevimli kutubxonamga tuhfalar” loyihasi doirasida muallif Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi Shavkat Hayotov “Moziy bagʻridan haqiqat izlab…” (Monografiya) kitobini tuhfa etdi.

