Haftalikning ochilish marosimi
Haftalikning ochilish marosimi

Haftalikning ochilish marosimi

13-aprel  kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi  “VI  Respublika Kitobxonlik haftaligi”ning  tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Haftalik dasturida kitobxonlar uchun turli tadbirlar, adabiy-musiqali kechalar, davra suhbatlari, tanlovlar, “Zakovat” intellektual oʻyini, kitob taqdimotlari, “Libmob” aksiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kutubxona foyesi bayramona bezatildi. Yangi adabiyotlarning ochiq koʻrgazmasi, Buxoro shahar  1-son musiqa va sanʼat maktabi rassom  oʻquvchilarining ijodiy ishlar koʻrgazmalari   joylashtirildi. Tadbir musiqa sadolari ostida boshlandi.

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyat boʻlimi hamda Buxoro shahar hududiy boʻlinmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat boʻlimi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro adabiyot akademiyasining Buxoro viloyat boʻlimi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,  “Ibn Sino vorislari” va “Sheʼriyat gulshani” kitobxonlar klubi aʼzolari,  kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.

AKM foyesida Buxoro shahar  1-son musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari ishtirokida buxorocha raqs ijro etildi.

Tadbirda Respublika  maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyat boʻlimi rahbari Zubaydulla Zaripovich  Sharipov, Buxoro shahar boʻlinmasi rahbari Aziz Azimovich Hakimov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat boʻlimi raisi Shodmon Sulaymon, Buxoro davlat texnika universiteti 1-prorektori, falsafa fanlari doktori, professori Pardayeva Marhabo Davlatovna,  Xalqaro adabiyot akademiyasi Buxoro viloyat boʻlimi rahbari shoir Roʻzimurod Mahmudovlar soʻzga chiqdilar va tadbir ishtirokchilarini “Kitobxonlik haftaligi”  bayrami bilan tabrikladilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *