14-aprel “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekuston Milliy kutubxonasi tomonidan “Ilm-ma’rifat va erkinlik — jadidlar orzusi” mavzusida online tadbir bo‘lib o‘tdi.
ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot – kutubxona markazinig Elektron resurslar va ulardan foydalanish zali sektori va Axborot kutubxona fondlarini saqlash xodimlari ishtirok etdilar.




