Maʼrifat yoʻlida jadidlar merosi
Maʼrifat yoʻlida jadidlar merosi

Maʼrifat yoʻlida jadidlar merosi

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot – kutubxona markazining majlislar zalida   haftalikning 1-kunida “Maʼrifat yoʻlida jadidlar merosi” mavzusida adabiy kecha boʻlib oʻtdi.

Tadbirni kirish soʻzi bilan viloyat AKM direktori H.Qosimov ochib berdi.

Kechada Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro shahar boʻlimi rahbari Hakimov Aziz Azimovich, Xalqaro adabiyot akademiyasi, Buxoro viloyat boʻlimi rahbari shoir Roʻzimurod Mahmudov, Buxoro Davlat Universiteti tarix va yuridik fakulteti Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Boltayev Bobir Baxtiyorovich, Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti 4- kurs talabasi Nilufar Erkinovalar soʻzga chiqdilar. Oʻz maʼruzalarida jadidchilik harakati namoyandalari va ijodkorlari haqida maʼlumotlar berdilar.

Maʼnaviyatni yuksaltirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni maʼnaviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi oʻrni nihoyatda beqiyosdir. Shu jumladan, jadidchilarimiz qarashlarida, gʻoyalarida, asarlarida inson kamoloti, maʼnaviy yetuklik, vatanparvarlik, taʼlim-tarbiya kabi masalalarda qimmatli maʼlumotlar berib oʻtilgan.

Kechada tarix va yuridik fakulteti 4- bosqich talabasi Sharipov Ozodbek tomonidan shoʻx kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi, anʼanaviy hofiz boʻlimi doirachilar ansamblining chiqishlari davraga oʻzgacha xush kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir juda ham qiziqarli va fikr-mulohazalarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida viloyat AKM abonementlar zali  mutaxassisi F. Ashurova tomonidan  “Jadidlar izidan: maʼrifat sari qadam” kitobi taqdimoti oʻtkazildi.

Kecha soʻngida ishtirokchilar AKM maʼmuriyati tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *