Jamoa shartnomasini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish
Jamoa shartnomasini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish

Jamoa shartnomasini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish

14-aprel  kuni “Kitobsevar millat” shiori ostidagi  “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi”ning  2-kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazining majlislar zalida kasaba uyushmasi tashabbusi bilan jamoa shartnomasini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining hudud boʻyicha kuratori Egamov Jamshid Xolikovich, tuman kasaba uyushmasi raislari  ishtirok etdilar.

Tadbir davomida jamoa shartnomasi loyihasi atroflicha koʻrib chiqilib, unda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan shartnoma mazmuniga oid taklif va mulohazalar bildirilib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *