“Zakovat” intellektual oʻyini
“Zakovat” intellektual oʻyini

“Zakovat” intellektual oʻyini

“VI Respublika Kitobxonlik haftaligi”ning 2-kunida “Zakovat” intellektual klubi NTT bilan hamkorlikda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazining  “Oʻzbekiston” zalida Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi Buxoro shahar 1-, 2-, 29-umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

         Intellektual oʻyinda 3 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyin davomida ishtirokchilarga turli yoʻnalishlar boʻyicha qiziqarli va mantiqiy savollar berildi. Har bir savolga jamoalar belgilangan vaqt ichida javob topishga harakat qilishdi.

Oʻyin juda qiziqarli va murosasiz bahslar asosida oʻtdi. Ishtirokchilar oʻz bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash koʻnikmalarini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, Buxoro shahridagi 29-umumtaʼlim maktabining “Everest” jamoasi faxrli I-oʻrinni, 1-umumtaʼlim maktabining “Evrika” jamoasi faxrli II-oʻrinni, 2-umumtaʼlim maktabining “Erudit” jamoasi faxrli III-oʻrinni  qoʻlga kiritdilar. 

Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va bilimga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.

 Tadbir soʻngida Abu Ali ibn Sino nomidagi axborot-kutubxona markazi tomonidan Tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *